Новости компании  UZ

“Golden House”ning bosh direktor taraqqiyotning yangi vektori – zamonaviy eko-rivojlanish haqida Gazeta.uz nashriga intervyu berdi

“Golden House” O'zbekiston qurilish bozorida yetakchi ekspert bo'lib, tendensiyalarni belgilab beradi va Toshkent qiyofasini yaxshi tomonga o'zgartiradi. “Golden House”ning bosh direktori Aleksey Boldin yaqinda Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida kompaniya o'z loyihalarini ishlab chiqish vektorini atrof-muhitga zarar yetkazmaslik tomon o'zgartirishga qanday qaror qilgani va ekokvartal oddiy turar-joy majmuasidan qanday farq qilishi haqida so‘zlab berdi.

Intervyudan asosiy iqtiboslar:

Zamonaviy eko-rivojlanish, birinchi navbatda, turar-joy binolarini loyihalash va qurishga qo'yiladigan yuqori talablar, atrof-muhitga minimal ta’sir va yer uchastkasini tanlashga alohida yondashuvdir. Biz deyarli barcha loyihalarimizni sobiq sanoat korxonalari hududlarida quramiz, shu orqali hudud qiyofasini sezilarli darajada yaxshilaymiz va o‘zgartiramiz, joylashuvga yangi funksiyalar va ekologik landshaft kiritamiz.

Shahrimiz, dunyoning boshqa megapolislari singari, faol rivojlanib, o‘sib bormoqda. O‘sishning ijobiy omillaridan tashqari, avtomobillar sonining ko‘payishi, tirbandlik, ekologik vaziyatning yomonlashuvi kabi salbiy omillar ham bor, albatta. Ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida biz chetda turolmaymiz va jamoatchilik so‘rovlariga javob berishga majburmiz.

Ekologik rivojlanish bugungi kunda nafaqat energiya samaradorligi, balki kelajakdagi aholi salomatligi va xavfsizligiga ham e’tibor berishdir. Aholi salomatligini asrash maqsadida hovlilarda professional mashq qilish majmualari, sport maydonchalari, turli yoshdagi bolalar uchun o‘yin maydonchalari jihozlanadi, bu esa ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish orqali sog‘lom bo‘lishga va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.

Bu ishga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sohasi mutaxassislarini jalb qilgan holda loyihalarimizdagi obodonlashtirish ishlari hajmini oshiramiz. Shuningdek, energiya, suvni tejash, chiqindilarni alohida yig‘ish, yangi ko‘chatlar ekish madaniyatini shakllantirish orqali odamlarning ongini o‘zgartirishga harakat qilmoqdamiz. Biz birgalikda daraxt ekamiz, turar-joy majmualarimiz hududini tozalaymiz, bir-birimizga ko‘mak beramiz.

Yaqin kelajakda kompaniyamiz ekostandartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilayotgan beshga yaqin yangi loyihani ishga tushirishni rejalashtirganmiz.

Intervyunung to‘liq talqini bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://www.gazeta.uz/uz/2023/06/06/golden-house/?fbclid=IwAR14urnXth6P1thNIXO6FcmGa7Umb1glLCIxF7kRIrw-sRWkOHhb7C2zSiU