Новости компании  UZ

“Orient Group” “Odoo” va biznes analitika vositalaridan foydalangan holda xarid jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini joriy qildi

O‘tgan yillar davomida biz “Orient Group” kompaniyasida ko‘plab sohalarda yetakchilikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik. Bunga ilg‘or yechimlar va yetakchi tajribalarga doimiy e’tibor qaratishimiz yordam beradi.

2022-yilda qabul qilingan muhim qarorlardan biri “Odoo”dan foydalangan holda xaridlar jarayonini avtomatlashtirish tizimini joriy etish va “Orient Group”da biznes analitika (BI) vositalaridan foydalanish bo‘ldi.

Biz xaridlar jarayoni ustidan nazoratni kuchaytirishga va uni iloji boricha shaffof qilishga muvaffaq bo'ldik: bugungi kunda 45 ta xolding kompaniyasi “Odoo”ga ulangan va faol ishlamoqda (bular bizning Metall, Rivojlanish, Logistika, Mebel, Agro, OGM va “CZK” MChJ).

Bugungi kunda tizimda yagona ma’lumotnomasida 3000 ta yetkazib beruvchi va 400 ta toifadagi tovar va xizmatlar standartlashtirilgan. Biz O‘zbekistonda faoliyat yuritamiz, shuning uchun biz uchun dastlab kameral soliq tekshiruvini avtomatik tekshirish rasmiy soliq tizimi – soliq.uz orqali ulangishi muhim edi.

Biz bu tajribani Shell, Hyundai, Alta Motors, Danone, Ventus Wireless, The American Railway, Geodon, MsKinsey&Company, Wahoo, BluePeak Capital LLP, Golf Credit Ltd, Accel Club, Inc., ComCo Systems, Shveytsariya xorijiy banklari assotsiatsiyasi, Aafaq Islamic Finance, Deloitte Luxembourg, Namuna Development, Food City Tashkent, International Business Center, Elektronik Magnat MChJ, Radiocom (Motorola Dileri) va boshqalar kabi dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalardan oldik, va bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz.