Новости компании  UZ

Orient Group kompaniyasi mehnatni muhofaza qilish kunini nishonlamoqda

Bugun, 28 aprel' - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni. Uning asosiy maqsadi - barchaning e'tiborini ish joyida sog‘liq va xavfsizlik masalalariga jalb qilishdir.

Mehnatni muhofaza qilish - Orient Group’da alohida nazorat qilinadigan muhim mavzudir. O‘tgan shanba kuni xolding tomonidan Golden House va Yangi Zamon Bino loyihalari rahbarlari uchun rahbarning namunaviy modelini shakllantirish bo‘yicha trening o‘tkazildi.

Treningni Orient Group mehnat muhofazasi va xavfsizlik muhandisi Zafar Abraev olib bordi. Qurilish maydonlaridan olingan misollardan foydalangan holda, qurilish ob'ektlarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida rahbarlarning mas'uliyat va boshqaruvni o‘z zimmasiga olishlari zarurligi haqida so‘z olib bordi.

Ishtirokchilar illyustratsiyalar yordamida qurilish maydonchasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqladilar va ularni oldini olish uchun 12 ta muhim qoidaga rioya qilish zarurligini yana bir bor muhokama qildilar.