Новости компании  UZ

"Makro" 700 ta ommabop mahsulotlarning narxini tushirdi

Chakana savdo bo‘linmamiz – "Makro" supermarketlar tarmog‘i 700 ta mahsulot narxini tushirib, maxsus narxlar amal qiluvchi mahsulotlar turini bir necha barobarga kengaytirdi.

Buning sababi kompaniyada amalga oshirilayotgan jarayonlarni bosqichma-bosqich o‘zgartirish va takomillashtirish edi. Iyul oyi boshida riteyler ta’minot zanjirlarini osonlashtiruvchi va inventarizatsiyani boshqarish va avtomatlashtirilgan buyurtma bo‘limlarini birlashtirdi. Bu nafaqat mahsulotlarni taqsimlashni yaxshilashga, balki naqd pulni bo‘shatishga ham yordam berdi, bu esa oxir-oqibatda narxlarni qayta ko‘rib chiqishga imkon berdi.

“Mijozlarning xohish-istaklarini o‘rganib, xaridorgir bo‘lgan 700 ta mahsulotlar narxini tushirdik. Roʻyxatda har bir toifadagi asosiy mahsulotlar va eng ommabop FRESH va ULTRAFRESH mahsulotlar kategoriyasi mavjud: meva, sabzavotlar, goʻsht, sut mahsulotlari, shuningdek, baqqollik, ichimliklar va nooziq-ovqat mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Endi asosiy savat ham, tansiq savat ham ancha hamyonbop bo‘ldi”, — deya izoh berdi "Makro" bosh direktori Dmitriy Bova.