Новости компании  UZ

Makro “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

Makro savdo tarmog‘i “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi, unga ko‘ra har 200-mehmon chek miqdoridan qat’i nazar, tovarlarni bepul oldi.

8-avgust kuni Makro chakana savdo tarmog‘i O‘zbekiston bozorida o‘zining yangi va yirik promosini yakunladi. Aksiyaning butun davri davomida 7000 ga yaqin g‘olib aniqlandi. Eng yirik yutuq cheki 1 854 990 so‘mlik xarid bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida kompaniya g‘oliblarga 3 tonnadan ortiq suv, bir tonnadan ortiq Coca-Cola, 400 kilogrammga yaqin go‘sht, 1000 dona muzqaymoq va boshqa ko‘p mahsulotlarni sovg‘a qildi.

“Omadli xaridor” - bu kayfiyat va his-tuyg'ular haqidagi aksiyadir. Biz deyarli 7000 nafar xaridorga a’lo kayfiyat va ajoyib xarid qilish tajribasini taqdim etishni istadik va bunga erishdik!” – deya voqeani sharhladi marketing departamenti direktori Dmitriy Demidov.

Makro mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi va mijozlar juda xush ko‘ruvchi turli aksiyalarni yanada ko‘paytirish niyatida.