Новости компании  UZ

Andrey Maslov “Orient Group Management”dagi faoliyatini yakunlaydi

Andrey Maslov “Orient Group Management”dagi faoliyatini yakunlaydi

“Orient Group Management” bosh direktori Andrey Maslov faoliyatini kompaniyalar guruhidan tashqarida davom ettirishga qaror qildi. U xolding jamoasiga 2021-yilning may oyida moliya va IT bo‘yicha direktor sifatida qo‘shilgan, 2022-yilning dekabr oyida esa xoldingga boshchilik qilishni boshlagan.

Xoldingning moliyaviy direktori va keyin bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan vaqt davomida Andrey biznesni rivojlantirish va optimallashtirishga katta hissa qo‘shdi. Ushbu davrda xoldingni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi va boshqaruvni izchil markazsizlashtirish bilan moliyaviy ko'rsatkichlarning o‘sishi va mahalliy jamoalarning mustahkamlanishini ta’minlash uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. OGMda tashqi bozorlarda turli sohalarda noyob tajribaga ega mustaqil direktorlar ishtirokida kuzatuv kengashlari shakllantirilgani ishning muhim natijasi bo‘ldi.

“Orient Group” kompaniyasi Andrey Maslovga xolding rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi va transformatsiyaning navbatdagi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagani uchun minnatdorchilik bildiradi va barcha ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.