Orient Group "Anhor" bog‘ini sotib olishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Bugun ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda Orient Group "Anhor" bog‘i hududini sotib olishga tayyorlanayotgani haqidagi mish-mishlar yana tarqala boshladi.
Yaqin kunlarda ba’zi aktivlar topshirilishi va bog‘ hududida turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilayotgani xabar qilinmoqda.
20-fevral kuni Orient Group Management o‘z nomidan va Golden House nomidan bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan bunday asossiz ma’lumotlarni avval rad etgandi. Mish-mishlarning yangi to‘lqinini hisobga olgan holda, Orient Group ushbu ma’lumotning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini jamoatchilikka yana bir bor ma’lum qiladi, shuningdek, kompaniyalar guruhining "Anhor" va "Navro‘z" bog‘larida ishlash rejasi yo‘qligini ta’kidlaydi.
Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, Orient Group qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tadi va zarurat tug‘ilganda o‘z obro‘sini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishga tayyorligini bildiradi.