Новости компании  UZ

Eko-development - Golden House’ning mahsulot strategiyasi

Golden House O‘zbekistondagi rivojlanish bozorining yetakchisi bo‘lib, butun sanoatni rivojlantirish yo‘nalishini belgilab beradi. Kompaniya o‘zining global strategiyasini eʼlon qildi - eko-developmentni ommalashtirish va jahon ekologik standartlari asosida loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan ilk loyihani ishga tushirish.

Yangi “Assalom Jomiy” eko-mavzesi Olmazor tumanidagi Jomiy doirasidagi sobiq Agregat zavodi hududida barpo etilmoqda. Tez orada sobiq ishlab chiqarish sexlari demontaj qilinib, turg‘unlik maskanining o‘rnida sokin, yam-yashil hovlilari, shinam dam olish maskanlari, sport maydonchalari, turli yoshdagi bolalar uchun o‘yin maydonchalari bo‘lgan yangi zamonaviy mavze paydo bo‘ladi.

Hovlilarda yana-da ko‘proq ko‘katlar paydo bo‘ladi – mevali bog‘lar barpo etish, aholi tomonidan gul va mevali butalar ekish uchun joylar ajratish rejalashtirilgan. Shuningdek, hovlilarda ichimlik favvoralari, avtomatik sug‘orish tizimlari va havoni tabiiy namlash, qushlarni oziqlantirish, mushuklar uchun uylar o‘rnatiladi.

Uylarning o‘zlari issiqlik va ovoz izolyatsiyasi bo‘yicha barcha talablarga rioya qilinib, monolit qurilish texnologiyasidan foydalangan holda quriladi. Bu yerda umumiy joylarni yoritish uchun quyosh panellari va yoritishni avtomatik ravishda yoqish/o‘chirish uchun sensorlar o‘rnatiladi.

Loyihani sobiq sanoat korxonasi o‘rnida amalga oshirish Golden House kompaniyasi strategiyasining bir qismi bo‘lib, u hududning atrof-muhit rivojiga zarar yetkazmasdan, ilgari yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlarga yangi, yana-da qulay hayot olib keladigan yangi mavzelar qurish imkonini beradi. Yangi turar-joy loyihalari hudud sifatini va ular qurilgan joyni yaxshilashga mo‘ljallangan.