Новости компании главная страница uz

Orient Group CSR Award Social premiyasining Innovation nominatsiyasida eng yuqori mukofotga sazovor bo‘ldi  

Orient Group ijtimoiy loyihalari Amerika Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli CSR Award premiyasida hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Orient Group bosh direktori Andrey Safronyukga AmCham‘ning 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda qimmatli haykalcha taqdim etildi.

“Eng sharafli va ijtimoiy ahamiyatga ega Social Innovation nominatsiyasida mukofot olish men uchun katta sharafdir. Bu eʼtirof Orient Group to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganidan dalolat beradi. Pirovardida, barcha loyihalarimiz mamlakat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan, shuning uchun bugun biz buning yana bir tasdig‘ini oldik”, — deya voqeani izohladi Andrey Safronyuk.

Amerika Savdo Palatasi 1997-yilda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi xorijiy ishbilarmon doiralar vakillari tomonidan tashkil etilgan. Hozirda tashkilot 100 dan ortiq aʼzoga ega. Muntazam har oyda o‘tkaziladigan uchrashuvlar davlat sektorining yuqori darajali vakillari, elchilar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini birlashtiradi.
2022-10-20 15:06