“Bakan Tex” va “FT Textile Group” GOTS sertifikatini olishdi va organik sof ip ishlab chiqarishlari mumkin
“Control Union Certifications” yetakchi xalqaro sertifikatlash kompaniyasi “Orient Group” tarkibiga kiruvchi ikki yirik to‘qimachilik korxonasida audit o‘tkazdi. Natijada “Bakan Tex” va “FT Textile Group” kompaniyalari mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, markalash, eksport va import qilish va sotishning GOTS xalqaro standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishdi.
Organik to‘qimachilikning global standarti umume‘tirof etilgan va to‘qimachilikning organik statusini kafolatlaydi:
- xom ashyo yig‘ish; - ekologik va ijtimoiy mas’uliyatli ishlab chiqarish; - tayyor mahsulotlar.