Новости компании  UZ

Ivanovo viloyati (Rossiya) gubernatori bilan Bakan Tex kompaniyasining rahbariyati uchrashishdi

Viloyat gubernatori Bakan Tex kompaniyasi bosh direktori Botir Muxitdinov hamrohligida Toshkent shahrida joylashgan korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi. So‘ngra, ishtirokchilar yengil sanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Ivanovo viloyati korxonalarini xomashyo bilan taʼminlash, shuningdek, uch yil avval Ivanovo viloyati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida imzolangan to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
2022-06-10 11:11