Новости компании главная страница uz

ORIENT GROUP rahbariyati Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk va Nijniy Novgorod viloyatlari gubernatorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muzokaralar “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Tomonlar muloqotni rivojlantirish uchun ishchi guruhlar tuzishga kelishib olishdi.

Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix ORIENT kompaniyalar guruhining ko‘lami sarmoyaviy hamkorlikni muhokama qilish uchun imkoniyatlar ochishini taʼkidladi.

Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bir qator sohalarda samarali hamkorlik qilish imkoniyatiga ishonch bildirdi.

“Xoldingimiz manfaatlari doirasi ko‘plab sohalardagi integratsiya loyihalari muvaffaqiyatiga ishonish imkonini beradi. Biz Orient Group aktivlari negizida hamkor resurslar va texnologiyalarni jalb etgan holda qo‘shma korxonalar tashkil etishda jiddiy istiqbollarni ko‘rmoqdamiz”, — dedi Orient Group Management bosh direktori Andrey Safronyuk.