Новости компании  UZ

“Orient Group” qurilish subxoldingi qurilayotgan turar-joy majmuasi hududida madaniy qadriyatlarni saqlash uchun UNESCO olimlarini jalb qildi

“Kelajakni o‘tmishga hurmat bilan quramiz” – bu Orient Group qurilish biznesi bo‘limi bo‘lmish “Golden House” kompaniyasining asosiy tamoyilidir. Toshkent shahrining Yunus Rajabiy tumanida korxonamiz tomonidan qurilayotgan yangi turar-joy majmuasi o‘rnida bir paytlar Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining san’at bo‘limi joylashgan edi. Favqulodda holatdagi binolar ichidan bir paytlar institut talabalari tomonidan yasalgan 23 ta devoriy san’at asarlari va barelyef buyumlari topildi. Bu UNESCO tuzilmalarining xususiy sektorga jalb etilishi bilan tengsiz voqeaga aylandi. Bir necha haftadan buyon Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ushbu loyiha ustida ishlashmoqda. Baholash jarayonida loyihaning madaniy merosga salbiy ta’siri yo‘qligi aniqlandi. Keyingi tavsiyalar ixtisoslashtirilgan restavratsiya tashkiloti tomonidan sanʼat boʻlimining sobiq binosidan san’at asarlari va barelyefga oid barcha obyektlarni demontaj qilish va keyinchalik oʻrganish va saqlash uchun Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyiga topshirishni nazarda tutadi.
Biz shaharni obodonlashtiradigan noyob loyihalarni ishlab chiqishga intilamiz va buni hatto UNESCO ham rasman tan olmoqda.