Новости компании главная страница uz

“Orient Group Management” Kanndagi nufuzli forumda sarmoyaviy imkoniyatlar taqdimotini o‘tkazdi

Tadbirda “Orient” kompaniyalar guruhi ishtiroki tufayli investorlar ilk bor O‘zbekiston loyihalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Davron O‘zgurer (OGM korporativ moliya va investorlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i), Davron Fayzimatov (“Golden House” rivojlantirish bo‘yicha direktori), Mariya Vakurova (“Golden House” tijorat ko‘chmas mulk bo‘yicha direktori) va Shohida Sadirova (“Golden House” tijoriy loyihalarini rivojlanish bo‘yicha direktori) ishtirokida qator muzokaralar olib borildi va potentsial hamkorlarga yakunlangan va istiqbolli loyihalar taqdim etildi. 

Turar-joy va tijorat ko‘chmas mulkiga sarmoya kiritish bo‘yicha, shuningdek, qator Yevropa, Yaqin Sharq va Amerika investorlari bilan keyingi muzokaralar olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.