Biz 10 yildan ziyod vaqtdan beri Toshkent aholisi uchun komfort, biznes va premium toifadalaridagi uy-joylar qurmoqdamiz. Biz yashash, ishlash va dam olish uchun yoqimli zamonaviy shahar yaratishga intilamiz. Shuning uchun biz ko'chmas mulk bilan bir qatorda savdo, ko'ngilochar va biznes markazlarini ham quramiz va rivojlantiramiz.
Oʻzbekiston developerlari orasida birinchi boʻlib xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldik: 9 ta Asia Pacific Property Awards.
50+
turar-joy majmuasi
2,6 mln m²
ko'chmas mulk sotuvda
1000+
ish joyi
Mamlakatda birinchi bo'lib mixed use loyihalarini ishlab chiqishni boshladik. Masalan, “Infinity” loyihasi turar-joy majmuasi, savdo markazi va biznes markazini birlashtiradi.
Konstruksiyalarni 9 ballgacha amplitudali seysmik barqarorlikni ta'minlaydigan noyob texnologiyadan foydalangan holda quramiz.
Doimo innovatsiyalarni izlaymiz: ekologik toza materiallar va “idrokli” uy texnologiyasidan foydalanamiz
Biz sog'lom turmush tarziga intilishni qo'llab-quvvatlaymiz: bizning loyihalarimiz orasida velosiped to'xtash joyi va velosiped yo'llari, workout-maydonchalari mavjud.
Turar-joy majmualari
Infinity
Yashnobod va Mirobod tumanlari tutashgan joyda Infinity premium-klass rezidensiyasi qurilmoqda. Bu hashamatli xonadonlar va rivojlangan savdo infratuzilmasiga ega zamonaviy turar-joy maydoni. Loyiha ustida Benoy va Chapman & Taylor xalqaro arxitektura va dizayn byurolari ishlashgan.
Hududi: 5,60 ga Xonadonlar soni: 536 Yashash maydoni: 44 000 m²
Greenwich
Bu yagona britan uslubidagi yopiq uslubdagi mavze kompleksining birinchi loyihasidir. Yangi mikrorayonda biznes va komfort klassi uyg‘unlashadi. Majmua shahar markazida, Mirobod tumanida Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishgan joyda barpo etilmoqda.
Hududi: 8 ga Xonadonlar soni: 1 272 Yashash maydoni: 96 000 m²
Parisien
“Parisien” fransuz kvartali Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Muqimiy ko‘chasida joylashgan. Hovlisida ko‘rkam favvora o‘rnatilgan, sayr qilish uchun yo‘laklar, gulzorlar yaratilgan, daraxtlar ekilgan. Dam olish maskanlarida bolalar uchun o'yin maydonchalari va shiyponchalar mavjud.
Hududi: 6,5 ga Xonadonlar soni: 575 Yashash maydoni:54 000 m²
Dinastiya
Dinastiya - zamonaviy shaharning mutlaqo yangi darajadagi qulayligi. Loyiha britaniyalik arxitektor va dizaynerlar Chapman Teylor hamda Urban Pro arxitektura dizayn studiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan esda qolarli arxitektura uslubi bilan ajralib turadi.
Hududi: 2,13 ga Xonadonlar soni: 767 Yashash maydoni: 63 000 m²
Assalom Sohil
Majmua Qorasuv kanali qirgʻogʻi boʻylab qurilgan boʻlib, ijtimoiy infratuzilma obyyektlariga ega oʻzgaruvchan qavatli (9-16) turar-joy binolari blokidir. Loyiha britaniyalik arxitektor va dizaynerlar Chapman Teylor va Urban pro arxitektura dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. "Shahar ichidagi shahar" nominatsiyasi g'olibi
Hududi: 21,72 ga Xonadonlar soni:3 236 Yashash maydoni: 210 000 m²
Tijorat ko'chmas mulki
Orient Business Center
"A" toifasidagi premium ofis binosi, Toshkentning qoq markazida qulay joylashgan
“Compass” savdo markazi
35 000 m² dan ortiq maydonga ega savdo markazi muvaffaqiyatli qurilib sotilgan. Keng tanlovli do'konlar, bolalar maydonchasi, kinoteatr va batud markazi bilan
“Samarqand Darvoza” savdo-istirohat majmuasi
Kiyim-kechak, oziq-ovqat va elektronika do'konlari, oziq-ovqat korti, bolalar o'yin maydonchasi va kinoteatr bilan jihozlangan savdo majmuasi muvaffaqiyatli qurilgan va sotilgan.
“Riviera” savdo va ko'ngilochar markazi
6 ta zaldan iborat kinoteatr, konkida uchish maydonchasi va yozgi terassadan iborat yuqori darajadagi segment uchun savdo va ko'ngilochar markazi.
Anhor Park
“Anhor Park” bolalar savdo galereyasi O‘zbekistondagi noyob loyiha bo‘lib, u Turkiyaning Bahodir Kul Architects kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan.
Shahar Outlet
Chegirmali kiyimlarni sotishga ixtisoslashgan savdo markazi. Shuningdek, savdo markazida supermarket, avtoservis, avtoyuvish, oziq-ovqat korti, kinoteatr mavjud
Depo Mall
Bu ochiq maydonda joylashgan chakana savdo nuqtalarining yangi formatidir. Loyihaning qurilishi olib borilmoqda, to'liq ishga tushirish 2021 yilga mo'ljallangan.
The Business Park
Bu sakkizta noyob binodan iborat Toshkentda joylashgan yangi biznes markazdir. Obyekt savdo va ofis maydonlarini o'z ichiga olgan va rivojlanayotgan va yuqori texnologiyali biznes uchun ajoyib maskanga aylanadi.