BIZ HAQIMIZDA
4 sohada biznes yuritamiz va loyihalarni ishga tushiramiz
“Orient” kompaniyalar guruhi — O‘zbekistondagi eng yirik xususiy investorlardan biridir. Biz iqtisodiyotning turli sohalarida ko'plab korxonalar va loyihalarni birlashtiramiz: biz development, logistika, to'qimachilik sanoati sohasida yetakchimiz. Tajribamiz va biznes yuritishdagi yondashuvlarimiz guruhning faol rivojlanishiga, biznesni diversifikatsiya qilishga va uning bozordagi mavqeini doimiy ravishda mustahkamlashga yordam beradi.
Kompaniyani 1999 yilda iuch tadbirkor ochishgan
Payzullajon Mirzayev
Asoschi
Payzullajon Rahmatullayevich Mirzayev - Orient Group Management ta’sischisi va Orient Group asoschisi. Yillar davomida u guruhning bir qator korxonalarini boshqargan va 2010-yildan 2021-yilgacha "Orient Finans Bank" XATB direktorlar kengashi a'zosi bo'lgan.
1972-yilda Namangan viloyatida tavallud topgan. 1993-yilda Namangan sanoat institutini tamomlagan.
“Mehnat shuxrati” ordeni bilan mukofotlangan.




Saken Polatov
Asoschi
Saken Djetibayevich Polatov - Orient Group asoschisi, XATB Orient Finans Bank boshqaruvi raisi, Orient Group Management ta’sischisi.
1975-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Respublika boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari. 2021 yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan.
“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Saken Polatov
Asoschi
Saken Djetibayevich Polatov - Orient Group asoschisi, XATB Orient Finans Bank boshqaruvi raisi, Orient Group Management ta’sischisi.
1975-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Respublika boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari. 2021 yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan.
“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Rauf Komiljanov
Ta’sischi
Komiljanov Rauf Mirzaevich — “Orient Group Management” ta’sischisi, xoldingga 2022-yilda qo‘shildi. Garant Bank AJ aksiyadori. 1970-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Tojikiston politexnika universitetini tamomlagan.
G'amxo'rlik ko'rsatamiz
Biz mijozlarimiz, xodimlarimiz va hamkorlarimizni hurmat qilgan holda jamoat manfaatlarini ko'zlab ishlaymiz.
Birgalikda harakat qilamiz, bir-birimizga quloq solamiz va tushunamiz.
Jamoada ishlaymiz
Doimo rivojlanib boramiz
Biz har kuni kechagidan ko'ra ko'proq va yaxshiroq qilish uchun yangi imkoniyatlarni qidiramiz
Xilma-xillikni qo'llab-quvvatlaymiz
Biz anʼanalarni saqlab qolgan holda, biznes uchun eng yaxshi yechimlarni yaratish maqsadida xorijiy tajribani jalb qilamiz.
Tijorat muvaffaqiyati va ishdagi yuqori ko'rsatkichlarga intilamiz.
Samaradorlikka intilamiz
Biz mas'uliyat bilan harakat qilamiz
Halol ishlaymiz. Natija uchun javobgarmiz
Qadriyatlar rivojlanishinizga yordam beradi
22 yillik muvaffaqiyatli biznes
1
1998-yil
  • Birinchi kompaniyani ishga tushirdik, asosiy faoliyat — ulgurji savdo.
2
2002-yil
  • Ijodkor Qurilish Busines. “Ijodkor qurilish biznes” kompaniyasini ishga tushirib, qurilish biznesini o'zlashtirdik.
3
2009-yil
  • “Golden House” kompaniyasiga asos solib, developer biznesini rivojlantirishni boshladik. Bugungi kunda kompaniya butun development siklini amalga oshiradi: komfort, biznes va premium toifalaridagi uy-joylarni, shuningdek, tijorat ko'chmas mulkini quramiz.
4
2010-yil
  • O‘zimizning qurilish maydonchamizni temir-beton buyumlari bilan ta’minlash va buyurtma asosida beton ishlab chiqarish maqsadida “Binokor” uy qurilishi kombinatini ochdik.
5
2011-yil
  • Markaziy Osiyodagi eng yirik maydalangan granit qazib olish va qayta ishlash liniyasini ishga tushirdik, bu O‘zbekiston ehtiyojlarini deyarli qoplab, vqo‘shni davlatlarga yetkazib berish tizimini ham yo‘lga qo‘ydi.

  • Kichik ijtimoiy loyiha - Makro oziq-ovqat do'konini ochdik.
6
2013-yil
  • Samarqand Darvoza. Zamonaviy talablarga javob beruvchi birinchi “Samarqand Darvoza” savdo-koʻngilochar majmuasini qurdik.

  • Logistika sohasida muhim rivojlanish nuqtasiga aylangan zamonaviy ULS konteyner terminalini ishga tushirdik.
7
2016-yil
  • Mavjud tijoriy ko'chmas mulkni boshqarish, shuningdek, yangi joylarni qidirish, savdo markazlarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni o'z zimmasiga oluvchi “The Tower Mall Management Group”ni ishga tushirdik.

  • “Makro” supermarketlari sonini oshirdik: 2016–2018 yillar davomida 18 ta shaharda 54 ta doʻkon qurildi.
8
2017-yil
  • Yangi yo‘nalish – “Bakan” ip gazlama ishlab chiqaruvchi birinchi to‘qimachilik fabrikasini ishga tushirdik.

  • Yuk tashish, bojxona rasmiylashtiruvi, omborlarda saqlovchi Highway Logistics markazini ochdik. “Arrow Green Logistics” kompaniyasini ochish orqali yuk mashinalarida yuk tashish xizmatlarini taklif eta boshladik.
9
2018-yil
  • Germaniya kompaniyalarining ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda ip gazlama ishlab chiqaruvchi “FT Textile” fabrikasini ishga tushirdik.
10
2019-yil
  • Orient Logistics kompaniyasini yaratdik va barcha zamonaviy xalqaro standartlarga, shuningdek, mamlakatimizda rivojlanayotgan korxonalar ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy logistika markazini ishga tushirdik.
11
2022-yil
  • 2022-yilning dekabr oyida “Orient Group Management” moliyaviy xolding formatiga o‘tdi.

  • “Orient Group” bosh direktori lavozimiga Andrey Andreyevich Maslov tayinlandi.
12
2023-yil
  • Asosiy bo'lmagan joylardan chiqish: to'qimachilik va g'isht ishlab chiqarish.
13
2024-yil
  • tez orada.