Orient kompaniyalar guruhi yirik va mas’uliyatli ish beruvchi hisoblanadi. Biz qurilish, logistika, chakana savdo va B2G rahbarlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilishdan manfaatdormiz.
Guruhda 15 000 dan ortiq kishi faoliyat yuritadi. Har bir faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning turli davlatlaridan taklif etilgan mutaxassislar biznesni jahon andozalari darajasida qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yordam beradi. Guruh kompaniyalarimizda odamlar shaffof ish haqi tizimi, qulay ish sharoitlari va martaba imkoniyatlarini qadrlashadi.
Barqaror daromad
Qulay sharoitlar
O'quv dasturlari
Kuchli yetakchilar
Yirik loyihalar
Professional jamoa
Biz o'sish uchun sharoitlar yaratamiz
Korporativ bilimlar bazasi
Natijani boshqarish: OKR, MBO
Kompetentsiya kartasi
Tashkilot samaradorligini boshqarish
Konferentsiyalar va seminarlar
360 gradusda baholash
Grade tizimi
Shaxsiy rivojlanish rejalari
Yirik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdor odamlarni jalb etish biz uchun muhimdir. Biz har bir xodimning tashabbusini olqishlaymiz va uni qadrlaymiz: har kim o‘z salohiyatini ochib, kuchli murabbiylar rahbarligida tezda martaba pog‘onasidan yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.
Mutaxassislar kompaniyalar guruhida o'zlari uchun yangi yo'nalishlarni tanlab, nafaqat vertikal, balki gorizontal ravishda ham harakat qilishlari mumkin.
Biz talabalar va yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlaymiz
Amaliyot dasturlari
Universitetlar bilan hamkorlik
Konferensiyalar va karyera ko'rgazmalari
Har bir biznes yo'nalishida yuzlab o'ziga xos pozitsiyalar mavjud: bizda turli kasb va mutaxassislikdagi talabalar va bitiruvchilarga talab bor.
Kompaniyalarimizning hozirgi top-menejerlari mamlakatimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining karyera markazlari bilan faol hamkorlik qiladilar, talabalar uchun o‘z kasbiy qiziqishlari bo‘yicha mavzuli ma’ruzalar, kasbga oid maslahatlar va kasbiy yo‘nalish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.
Bo'sh ish o'rinlarini tanlang va jamoaga qo'shiling